AsosiyDunyo

Tramp AQSh hududiga musulmonlarni kiritmaslik fikrini ilgari surdi

Amerikalik milliarder  Donald Tramp AQSh hududiga barcha musulmonlar kirishini taqiqlash haqidagi fikr tarafdori ekanligini ma`lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“Bizda radikal islom bilan bog`liq muammolar bor. Aksariyat musulmon do`stlarim ham bu taklifni o`rtaga tashlaganim uchun menga minnatdorchilik bildirdi”, — dedi u.

Respublikachilar partiyasidan AQSh Prezidentligiga nomzod Donald Tramp bundan bir necha oy oldin saylovda g`alaba qozongan taqdirda barcha musulmonlarga AQSh hududiga kirishni taqiqlashini aytgan edi.

    Boshqa yangiliklar