Bugun, 15 yanvar kuni Toshkent shahri Shayhontohur tumani Oqtepa mavzesida benzin ortilgan yuk mashinasi ag`darilib ketdi. Bu haqda Facebook ijtimoiy tarmog`ining “Voditeli Tashkenta” guruhida xabar qoldirildi.

Izohlarda aytilishicha, hodisa joyiga o`t o`chiruvchilar va post patrul xizmati etib kelgan. Oqtepa maydoniga olib chiqadigan yo`llar yo`l-patrul xizmati xodimlari tomonidan yopib qo`yilgan.
Benzin ortilgan yuk mashinasining nima sababdan ag`darilgani hozircha ma`lum emas.





