Ommabop go`zallik tanlovlaridan birida ikkinchi o`rinni egallagan braziliyalik model Rakel Santos Rio-de-Janeyro shahrida plastik jarrohlik amaliyotidan so`ng vafot etdi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 28 yoshli Santosga mimik ajinlarni yo`qotish uchun mo`ljallangan Potenay ukoli qilingandan so`ng uning yuragi huruj qilgan. Model yurak urushi tezlashib, havo etishmayotganidan shikoyat qilgan. Uni tezda shifoxonaga olib ketishgan, ammo hayotini saqlab qolishning imkoni bo`lmagan.
Rio-de-Janeyro shahri polisiyasi model qizning o`limi yuzasidan tergov-surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Ularning fikricha, santosning o`limiga noqonuniy preparatlar qabul qilgani ham sabab bo`lgan bo`lishi mumkin.
Santosning qaylig`i Jilbertu Azevedoning aytishicha, model qiz ko`p chekkan va Potenay ukolini bir necha marotaba qabul qilgan. Plastik jarroh Vagner Moraish qizning o`limi uning aybi bilan sodir bo`lganini rad etmoqda. Jarroh o`tkazilgan muolaja oddiy va xavfsiz ekanligi aytib o`tgan.





