Bugungi kunda jahonda ro`y berayotgan xunrezliklar, qirg`inbarot urushlar xech bir davlatni chetlab o`tayotgani yo`q, bir xududda yuz berayotgan voqealar in`ikosi qo`shni xududlarda yangramoqda. Ming afsuski, ana shu aks-sadolarning dunyo bo`ylab tarqalishida begunoh insonlar, norasida go`daklar umri va kelajagiga bolta urilishida erkaklar bilan bir katorda ba`zi xotin-qizlar xam o`z hissasini qo`shmokda.
IShIDning yovuz “murshidlari”
Dunyoni larzaga keltirib barchada qo`rquv uyg`otishga xarakat qilayotgan ekstremistik tashkilotlar raxbarlari va faollari aslida o`zlariga teng bilmaydigan ayol kishini turli yo`llar bilan o`z saflariga qo`shishga harakat qilayotgani, ularning o`z asirasiga aylanishlariga sababchi bo`layotganlari hech kimga sir emas. Lekin dunyoda sodir bo`layotgan voqealardan tegishli xulosa chiqarmay, barchasini bila turib yana bir aldov qurboniga aylanayotgan ayollar soni dunyo bo`ylab ko`payib bormoqda.
Hozirda o`zlarini "sof islom dini tarafdorlari" deya e`lon qilgan, nafaqat dunyo madaniyati hatto islom dini ta`limotiga xam zid faoliyat olib borayotgan, ommaviy tarzda ayollarni o`ziga jalb etishga xarakat kilayotgan "IShID" faollari aslida, xotin-qizlarning jamiyatdagi o`rni, ijtimoiy hayotdagi mavqeini yo`q qilishga harakat qilmoqdalar. Buning uchun esa, "islom davlati" vakillari o`z xududlarida ayollar hayotiga o`z talqinidagi shariat qonunlari va o`rta asr tartib-qoidalarini tatbik etmoqdalar, natijada, xotin-qizlar nafaqat o`qish va ishlashdan, balki ko`chada erkin harakatlanishdan ham maxrum bo`ldilar.
Ular ayollarni qamoqlar va konslagerlardagi sharoitga solib qo`yib o`z qarashlariga ko`ra kiyinishga majburlab, ko`chada erkin xarakat qilishlari va ta`lim olishlari, biror kasb bilan shug`ullanishlarini man etmoqdalar, hattoki ayollarni o`z jangarilariga turmushga chiqishga ham majbur qilmoqdalar. Bu kabi talablarga rozi bulmayotgan ayollarga nisbatan esa, qattiq jazolar tayinlanadi. Jangarilar bilan "namunali musulmon oila" qurishga da`vat etishda esa ular ayollarga nisbatan salbiy munosabatlarini berkitadilar. Aslida guyoki "islom dini yo`lida jang qilayotgan" jangarilar ular uchun o`zlarini bag`ishlayotgan ayolga jonsiz va nafsni qondiruvchi bir buyum sifatida qarashlari johiliyat asri erkaklarining qilmishlarini eslatadi.
Quldorlik tuzumiga qaytib...
Ko`rinib turibdiki, o`zlarini islom shariati asosida ish yuritayotganlarini da`vo qilayotgan "islom davlati raxbarlari" aslida tubdan islomga zid faoliyat yuritmoqdalar.
Xususan, "Islom davlati" faollari tomonidan 32 savol-javobni o`zida jamlagan, bir kancha xorijiy tillarga tarjima qilingan maxsus "Asiralar va cho`rilar qo`llanmasi"da insoniyatni quldorlik davriga qaytarishga urinishlari, begunoh insonlarni na jinsi, na yoshiga qaramay qatl etishlari, axli kitob va boshqa din vakillari ayollarini asirga olish va ularni sotish, bir-birlariga sovg`a qilish xamda o`zlaridan keyin meros qoldirish, balog`at yoshiga etmagan asiralar bilan yakinlik qilish, asiralarni "tartibga chaqirish" maqsadida kaltaklash, qochib ketganlarini eng katta gunoxkor deb e`lon qilish va ularni qattiq jazolash bo`yicha ko`rsatmalar ishlab chiqqanlari xam insoniyliq xam islom dini asoslariga zid ekanini ko`rsatadi.
"Qo`llanma"da nafaqat g`ayridin, balki musulmon ayollariga nisbatan xam taxqirli ko`rsatmalar o`rnatilgan. Bu esa, "islom davlati" vakillarining xotin-qizlarga bo`lgan munosabatini belgilaydi. Ular hur, ozod muslimalarni asiraga aylantirib, qullik munosabatlarini o`rnatmokdalar, balog`atga etgan qizlarni onadan ayirmokdalar, voyaga etmaganlarini zo`rlamokdalar. Ularning ta`kidlashicha, bu "davlat"da qul bozoridan jangarilar yoki biror "amaldor" shaxs tomonidan sotib olingan ojiza "xoja"sining ixtiyorida bo`ladi: u istasa ayolni o`z "xizmat"iga olib qolishi, istamasa atrofidagi erkaklarga sotib yuborishi mumkin. Shu misollarning o`ziyoq o`zlarini "sof islom dini targ`ibotchilari" xamda "islom davlati" tarafdorlari deya bong urayotganlar uchun ayol faqatgina nafsni qondiruvchi buyum, "davlat"ning kelajagi uchun bo`lajak jangarilarni tug`ib beruvchi vosita sifatida qabul qilinayotganidan dalolat. Ming afsuski, buni aksariyat ayollar o`z vaqtida anglab etmayotir.
Hozirgi, quldorlik tugatilgan zamonda uni islom dini nomidan qayta tiklashga urnishlar muqaddas dinimiz ta`limotlariga ziddir. Islom dini doimo qullik va quldorlikka barxam berish g`oyasini ilgari surgan: "(Ey, Muxammad!) Dovon (oshish) nima ekanini Siz qaerdan xam bilar edingiz?! (U) bo`yinni (qulni) ozod qilish, yoki ocharchilik kunida (muxtojga) taom berishdir" (Balad, 12-14), "...qo`shilishlaridan ilgari bir (mo`min yoki kofir) qulni ozod kilish bordir" (Mujodala, 3).
Sha`nimizni asraylik!
Bir ayolning hikoya qilishicha, u IShID saflarida "xizmat qilish"ni istab yurti va ota-onasini tashlab chiqib ketgan.
Biroq, yashirin tarzda Turkiya chegaralaridan Suriyaga o`tib ketayogan vaqtda qo`lga olingan va yurtiga qaytarilgan. Uning aytishicha, na shaxsiy xayoti va na tayinli ishi bo`lmagani, internet orqali o`zini Maryam deb tanishtirgan ayol bilan tanishgan. Bir necha oy davomida u bilan turli mavzularda, xususan shaxsiy hayot, islom dini va uning qonun-qoidalari xaqida suxbatlashishgan.
Ohir-oqibatda Maryam uni Suriyadagi jangchilar orasidan munosib kuyov topa olishi va u bilan risoladagidek oila qura olishiga ishontirgan. So`ng "homiylari" tomonidan jo`natilgan pullarga aviachipta sotib olib "mukammal baxt" izlab yo`lga chiqqan, oqibatda esa, ayollik sha`niga isnod keltirishdan boshqa hech narsaga erisholmagan.
Davomi bor...





