AsosiyShou-biznes

Sharof Muqimov, Ulug`bek Qodirov va Yodgor Nosirov hozirda kursdosh ekanliklari ma`lum bo`ldi

Sharof Muqimov bilan ijodi va shaxsiy hayotidagi yangiliklarni bilish maqsadida bog`langanimizda, unda bunday qiziq ma`lumotlarni olamiz deb o`ylamagan edik.

— O`zbekiston davlat sanat va madaniyat institutining “Televideniya va kino rejissyorlik” fakultetiga magistraturaga o`qishga kirdim. Dekabr oyining oxirlarida buyruq chiqdi. Ayni damda birinchi kurs magistrantiman. Hozirda kursdoshlarim Ulug`bek Qodirov va rejissyor Yodgor Nosirov bilan birgalikda kursdosh bo`lib o`qib yuribmiz. Xullas meni tabriklasangiz bo`ladi.

— Qo`shimcha o`rin hisobiga kiribsizda, shundaymi?

— Ha, shunday. Hozirda har kuni talabalik formasida yuribman.

— Kursdoshlaringizda kim ko`p dars qoldiryapti: Siz, Ulug`bek Qodirov yoki Yodgor Nosirov?

— Bizning institut juda qattiq tartibli, rektorimiz Baxtiyor Sayfullaev institut qonun qoidalariga juda talabchan. Shu sababli hamma darsga keladi. Ulug`bek ba`zi kunlarda kinosyomkalar bilan darslarga kela olmay qolsada, ammo darslarga juda faol qatnashadi. Yodgor ham kuchli talabalardan. Maslahatlashib uch qariya o`qishni boshlab yuborishdi, deya o`z izohiga hazil bilan yakun yasadi Sharof.

Darvoqe, Sharof bugun Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan san`atkorlarimizga kursdoshlari rasmlari aks etgan krujka sovg`a qilganini ham ma`lum qildi.

Feruz MUHAMMAD Darakchi.uz uchun maxsus

    Boshqa yangiliklar