AsosiyShou-biznes

Nochor oiladan chiqib, o`z iste`dodi bilan “ko`tarilgan” yulduzlar(Foto)

Aksariyat mashhurlarga qarab, ularga havas qilamiz. Ularda hamma narsa bor: mashhurlik, pul, muxlislar. Ammo ular ham qachonlardir shu mavqega erishish uchun ko`plab qiyinchiliklarni boshdan kechirgani esa hech kimning xayoliga kelmaydi. Quyida hikoya qilmoqchi bo`lganimiz-nochor oilalardan chiqib, o`z iste`dodi va tinimsiz mehnati tufayli mashhurlik va shon-shuhratga ega bo`lgan mashhurlar.

Jet Li

Jet Li Pekinda kambag`al oilada dunyoga kelgan. U oiladagi beshinchi, kenja o`g`il edi. Li ikki yoshga kirganida uning otasi vafot etgan. Uning onasi esa avtobusda konduktor bo`lib ishlardi. Oilada muntazam etishmovchiliklar hukm surardi. Jet sakkiz yoshga to`lganida maktabda jismoniy tarbiya darsida ushu bilan shug`ullana boshlaydi. Ushbu sport turiga qiziqish tufayli Jet bir yarim yildan so`ng maktabni tashlab, Pekin ushu akademiyasiga o`qishga kiradi.

Demi Mur


Demining otasi ularni bo`lajak aktrisa tug`ilmasidanoq tashlab ketadi. Onasi homilador bo`lishiga qaramay, ichkilikka ruju qo`yadi. Demining o`gay otasi ham ichardi. Ota-ona farzandlariga e`tibor berish o`rniga tinimsiz ichar, muttasil qarzga botib hayot kechirardi. Demining oilasi nochorlik tufayli u shahardan bu shaharga ko`chib yurardi. Bundan tashqari Demining ko`zlari tug`ma g`ilay edi. 1980 yilda aktrisaning o`gay otasi o`z joniga qasd qiladi. O`shanda 16 yoshli Demi maktabni tashlab, ishlashga majbur bo`ladi.

Jim Kerri


Jimning otasi ishdan bo`shagach, oila moddiy qiyinchiliklar girdobida qoldi. Bo`lajak aktyor oila boqishga ko`maklashish uchun maktabni tashlab, ishlay boshladi. Eng ajablanarlisi, millionlab muxlislar qalbidan joy olgan aktyor bolaligida hech kim bilan gaplashmaydigan, kamgap bola bo`lgan.

 Sara Jessika Parker

Golivud yulduzi Sara Jessika Parker ko`p bolali oilada dunyoga kelgan. Uning bolaligidagi hayoti aktrisa ekranda gavdalantirgan kibor xonimlarnikiga sira o`xshamasdi. Oilada Sara sakkizinchi farzand edi. Uning oilasi nochorgina hayot kechirardi. Shuning uchun oiladagi farzandlar qo`lidan ish keladigan yoshga etishganlaridan ishlay boshlashardi. Ko`pincha chiroq puli to`lanmaganligi uchun qorong`uda o`tirishganiga qaramay, ona ma`lum miqdorda pul to`lab, kenja qizi Sarani qo`shiq va raqs to`garagiga beradi. Onasining sharofati bilan Sara hozir mashhur aktrisa va prodyuser bo`lib etishdi.

Jerar Deparde


Butun dunyoga mashhur fransuz aktyori oddiy dehqon oilasida dunyoga kelgan. Uning otasi o`qishni ham, yozishni ham bilmasdi. Oiladagi moddiy vaziyat o`ta og`ir edi. Jerarning yana besh nafar aka-opalari bor edi. Kambag`allik va e`tiborning etarli emasligidan Jerar duduqlana boshladi. Bo`lajak aktyor yolg`izlikni xush ko`rar, shuning uchun ham maktabni tashlab, mahaliy tipografiyada harf teruvchi bo`lib ishlay boshladi. Birozdan so`ng esa unda boksga qiziqish uyg`ondi. Deparde tasojifan aktyorlik kurslariga qatnay boshladi va aynan shu erda undagi qobiliyat shakllandi.

Jeki Chan


Jeki kambag`al oilada dunyoga kelgan. Uning ota-onasi shu darajada qashshoq ediki, hatto o`z farzandlarini sotmoqchi ham bo`lgan. Bolani sotish evaziga keladigan 26 dollarni esa onasini tug`dirgan akusher-ginekologga bermoqchi bo`lishgan. Jeki olti yoshga to`lganida ota-onasi uni Gongkongdagi maktabda qoldirib, o`zlari Avstraliyaga ishlagani ketadi. Bo`lajak aktyorning maktabdagi o`qituvchisi jahl ustida uning burnini urib sindirganidan so`ng, Jekini sinfdoshlari “Katta burunli” deb chaqira boshlaydi. U maktabda akrobatika, sharq yakkakurashi, aktyorlik mahoratidan saboq olgan.

Kianu Rivz



Kianuning otasi bo`lajak aktyor uch yoshli paytida oilasini tashlab ketadi. Shundan so`ng uning onasi yana to`rt marta turmushga chiqqan. Onasi ko`pincha uyda bo`lmagani sababli Kianu va uning singillarini enaga tarbiyalaydi. Bo`lajak aktyor besh yil ichida to`rt marta maktab almashtirgan. Oxir-oqibat, u o`rta ma`lumot haqidagi attestatni olmay, maktabdan haydaladi.

Leonardo DiKaprio



Los-Anjeles shahrining nochor tumanida yashaydigan oilasini boqish uchun Leonardoning onasi bir vaqtning o`zida bir nechta joyda ishlaydi. Hozirgi kunda esa Leonardo DiKaprio Gollivudning eng ko`p haq to`lanadigan aktyorlaridan biri hisoblanadi.

Tom Kruz



Aktyorning bolaligi tinimsiz ko`chishlarda o`tdi. Uning onasi 4 smenada ishlashiga qaramay, oila etishmovchilikdan aziyat chekardi. Bugungi kunda Gollivudning taniqli aktyori bo`lib etishgan Tom Kruz o`sha ochlik va moddiy qiyinchiliklar hukm surgan davrlarnpi tez-tez yodga oladi.

Xilari Suonk



Xilarini onasining yolg`iz o`zi voyaga etkazgan. Qizaloqni qashshoqligi tufayli maktabdoshlari muttasil masxara qilardi. Xilari 15 yoshga to`lganida uning onasi ishdan haydaladi. Shundan so`ng ular onasi bilan avtomobil ichida yashab yuradi. Suonk turli ishlarda ishlab, onasiga oila boqishga yordamlashadi. U o`zining debyut rollari uchun juda kam haq olgan.  

Adriano Chelentano

Adriano ham ko`p farzandli oilada dunyoga kelgan. U oilada beshinchi farzand bo`lgan. Bo`lajak aktyor tug`ilgan paytda Adrianoning onasi 44 yoshda edi. U 12 yoshida maktabni tashlab, soat tuzatish ustaxonasiga ishga kiradi.

manba: Funday24

    Boshqa yangiliklar