AQShning Los-Anjeles shtatida noma`lum jinoyatchi uch kishini otib tashladi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.
Polisiyachilarning so`zlariga ko`ra, hodisa megapolis janubida 13 yanvar, chorshanba kuni kunning ikkinchi qismida sodir bo`lgan.
Otishma oqibatida ikki ayol va bir erkak kishi og`ir yaralangan. Hozirda ularning ahvoli og`ir. Otishmani sodir etgan shaxsning qaerda ekanligi noma`lum.
AQShda jamoat joylarida odamlarga qarata o`q uzish tez-tez kuzatiladi. Bunday hodisalarning eng yirigi 2015 yil 2 dekabrda San-Bernardino shahrida yuz bergan edi. Otishmani asli kelib chiqishi pokistonlik bo`lgan er-xotinlar Rizvan Faruk va Tashfin Maliklar sodir etgan edi.
Otishma natijasida 14 kishi halok bo`lgan, 21 kishi jarohatlangan.





