Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida bir nechta portlashlar va otishma sodir bo`ldi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.
Mahalliy vaqt bilan soat 11:00 da Jakarta markazida oltita portlash ro`y bergan. Ulardan biri shahardagi yirik savdo markazi Sarinah`da yuz bergan. Portlashlar oqibatida polisiya uchastkasi, Starbucks kafesi va BMT axborot markazi binosi yaqinidagi patrul posti zarar ko`rgan.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, kamida bitta portlashni hudkush terrorchi sodir etgan. Halok bo`lganlar hozircha uch nafar kishini tashkil etgani ma`lum qilindi.
Sarinah savdo markazi joylashgan tumanda otishma ovozi eshitilgan. Mazkur tumanda shuningdek, bir necha xorijiy davlatlar elchixonalari, mehmonxona va ofislar joylashgan. Otishmani kim sodir etganligi hozircha noma`lum. Portlashlar va otishma sodir bo`lgan hudud polisiyachilar tomonidan o`rab olingan. Shahar aholisi ko`chaga chiqmaslik haqida ogohlantirilgan.





