Qilichbek Madaliev muxlislarini sog`intirishni yaxshi ko`radigan xonandalar qatoriga kiradi.
Ammo sog`inchning ham adog`i borligini anglagan xonanda 2016 yilda ijodini umuman o`zgacha uslubda kutilmagan tarona bilan boshlashni maqsad qildi. U shu yil hisobidan ilk premerasiga start berdi.
Tarona “Aldadimi” deb nomlangan bo`lib, ushbu qo`shiq sog`ingan qalblar uchun munosib tuhfa bo`ladi.
Yaqin soatlarda Qilichbek Madalievdan faqat saytimiz uchun bergan eksklyuziv intervyuni kutib qoling.





