AsosiyDunyo

Turkiya janubi-sharqida terakt sodir etildi, qurbonlar bor

Turkiya janubi-sharqida avtomobilga o`rnatilgan portlovchi modda portlashi oqibatida kuchli terakt sodir bo`ldi, qurbonlar soni besh kishini, jabrlanganlar soni 36 kishini tashkil qildi, bu haqda Bi-bi-si teleradiouzatish korporasiyasi mahalliy OAVlarga tayanib xabar bermoqda.

Portlovchi moddalar o`rnatilgan avtomobil Turkiyaning Diyorbakir provinsiyasidagi polisiya bo`linmasi oldida portlagan. RIA Novosti ma`lumotlariga ko`ra, portlovchi uskuna polisiya uchastkasiga kirish joyiga qo`yib ketilgan. Portlash qo`shni binolarga ham ta`sir qilgan.

Mazkur terrorchilik harakati uchun hozircha hech qaysi guruh javobgarlikni bo`yniga olmadi. 

    Boshqa yangiliklar