14 yanvar ertalab soat 08:24 da O`zbekiston hududida yana zilzila sodir bo`ldi.
Epimarkaz koordinatalari: 41,47 daraja shimoliy kenglik, 69,26 daraja shimoliy uzunlik, magnituda MS - 3,5. Zilzila o`chog`i 15 km chuqurlik Toshkentda zilzila kuchi 3 ballni tashkil qildi.
Evropa-O`rtaerdengizi seysmologik markazi saytida keltirilgan ma`lumotlarga ko`ra, xuddi shu vaqtda Yaponiya va Boliviyada ham zilzila sodir bo`lgan. U erda zilzila kuchi 6,7 va 6 ballarni tashkil qilgan.
So`nggi paytda Markaziy Osiyoni zilzilalar to`lqini qurshab olganday go`yo. Qisqa vaqt ichida O`zbekiston, Tojikiston, Qirg`iziston, Afg`oniston, Turkmaniston va Qozog`iston aholisi turli magnitudali zilzilalarni his etishmoqda.
So`nggi paytlarda tez-tez takrorlanayotgan zilzilalarning sababini Fanlar Akademiyasining Seysmologiya instituti laboratoriya mudiri Turdali Ortiqov quyidagi havolada tushuntiradi.





