Anjelina Joli va uning turmush o`rtog`i Bred Pitt yaqinda bir yoshga kirgan kambojiyalik Alloyni rasmiylashtirishni boshlab yuborishdi.
Aktrisa Alloyning oilasi bilan Siem-Rip shahrida, film suratga olish jarayonida tanishdi. Bolaning 12 aka-singlisi bor, ularning yoshi – 16 oylikdan 23 yoshgacha. Ularning barchalari shaharning kambag`al tumanida kichik vagonchada yashaydi.
Alloyning 16 yoshar opasi Leyda – oilaning asosiy boquvchisi. U ikki yil oldin maktabni tashlab ishlashni boshlagan. Ota-ona esa ishlay olmaydi, sababi ikkisi ham og`ir kasal, deya yozadi Radar.
Ushbu oila tarixi Joliga juda ta`sir qildi, va u Alloyning ota-onasiga bolani tarbiyasiga olishni so`rab murojaat qildi.
U ushbu oilani ta`minlash uchun million dollardan ortiq pulni sarflashga va`da qildi.
Hujjatlar qachon rasmiylashtirilishi noma`lum. Bola aktyorlarning to`rtinchi asrab olingan farzandi bo`ladi.





