1 yanvardan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari Rossiya hududini faqat biometrik pasport bilan tark eta oladi. Bu haqda «O`zbekiston havo yo`llari» MAK xabar beradi.
Eski namunadagi pasport bilan RF chegara qo`shinlari O`zbekiston fuqarolarini chegara hududlaridan o`tkazmaydi. Eski pasport bilan mamlakat hududini tark etmoqchi bo`lgan fuqaro reysdan olib qolinadi va jarimaga tortiladi, deya xabar beradi UzDaily nashri.
"O`zbekiston havo yo`llari" aviakompaniyasi ham Rossiya hududida chiptalarni faqat biometrik pasport bilan sotadi.





