Rossiyaning markaziy qismini qamrab olgan “Daniella” qor bo`roni O`zbekistonga etib kelmaydi. Bu haqda “O`zgidromet” ma`lumotlariga asoslanib, “Uz24.uz” xabar bermoqda.
Meteorologlarning ma`lumotlariga ko`ra, O`zbekistonda aksincha, yil ayni fasliga xos bo`lmagan iliq ob-havo uzoq muddat saqlanib turibdi. Ammo dam olish kunlari ob-havoda ayrim o`zgarishlari kuzatilishi mumkin.
Sinoptiklar hali qishning yarmi oldinda ekanligi va havo haroratining sovushi, yog`ingarchiliklar bo`lishi mumkinligini ham eslatib o`tdi. O`zbekistonda o`tgan yili mart oyining oxirida ham qor yoqqan edi.
Hozirda “Daniella” bo`roni Rossiyaning shimoliy-g`arbiy shaharlarini qamrab olgan. Mazkur shaharlar aholisi kuchli qor yog`ishi va sovuq shamoldan aziyat chekmoqda. Avvalroq qor bo`roni Belarus o`lkasida ham kuzatilgan edi.





