AsosiyDunyo

“Gazprom” farroshining Mitsubishi avtomobilidan 4 ming dollarlik sumka o`g`irlandi

12-yanvar, seshanba kuni “Gazprom” farroshining avtomobilidan qimmatbaho sumka, bank kartalari va hujjatlar o`g`irlab ketilgan, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

44 yoshli farrosh ayol Mitsubishi Outlander avtomobilini “Rumyansevo” biznes markazi avtomobillar turar joyida qoldirgan va uch daqiqaga avtomobilidan uzoqlashgan. Qaytib kelgach, avtomobili eshigi ochiqligini ko`rgan ayol mashina salonidan Dior sumkasi, bank kartasi va hujjatlari yo`qolganini sezadi.

Ma`lumotlarga ko`ra, farrosh ayolning sumkasi 4 ming dollar turadi. Ko`k va qora charmdan ishlangan mazkur aksessuar Dior modalar uyi tomoneidan Parij shahrida o`tkazilgan 2015 yil kuz-qish mavsumi namoyishida taqdim etilgan edi.  Bunday turdagi sumkani faqatgina Dior do`konlaridangina xarid qilish mumkin. Ayni paytda Moskva shahrida bunday sumkalar mavjud emasligi aytilmoqda.

O`g`rilar ayni shu sumka uchungina ayolni tunagan bo`lishi mumkin.

Farrosh ayol polisiyaga ariza yozgan.hozirda mazkur holat bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atilgan va tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar