AsosiyDunyo

Eron AQShdan davlat chegarasini buzganligi uchun uzr so`rashni talab qildi

Eron AQShdan davlat chegaralarini buzganligi uchun kechirim so`rashni talab qildi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.

“Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif AQSh davlat kotibi Jon Kerri bilan bog`landi. U AQSh dengizchilari Eron hududiy suvlariga kirganini va buning uchun AQSh uzr so`rashi kerakligini ta`kidladi”, — deyiladi xabarda.

Tehron shuningdek, hibsga olingan dengizchilarni ozod qilishga shoshilmayapti. “Ular tez orada ozod etilishi haqidagi gap-so`zlar asossiz. Men bunday mish-mishlarni tasdiqlamayman”, — dedi Eron islom inqilobi qo`riqchilar korpusi matbuot kotibi.

12 yanvar kuni AQSh harbiy-dengiz kuchlarining ikki kemasi Fors ko`rfazida eron harbiylari tomonidan hibsga olingan edi. 

    Boshqa yangiliklar