Fox telekanali “Maxfiy hujjatlar” serialining yangi mavsumi videoroligi namoyish etdi, deb xabar beradi “Meduza”.
Bir daqiqa davom etadigan mazkur rolik Youtube saytida qisqa muddat ichida 200 ming marta tomosha qilingan.
Videorolikda Foks Malder o`tgan mavsumlarda ro`y bergan hodisalar haqida qisqacha so`zlab beradi. U yoshligida singlisining o`zga sayyoraliklar tomonidan o`g`irlab ketilishi va Dana Skalli bilan birga ishlaganini ham ta`kidlab o`tadi.
“2002 yilda FQB X-Files bo`limini yopdi va bizning tekshiruvlarimiz to`xtab qoldi”, — deydi u.
“Maxfiy hujjatlar”ning yangi mavsumining birinchi qismi AQShda 24 yanvar kuni namoyish etiladi.





