Yagona interaktiv Davlat xizmatlari portalida yangi xizmat ishga tushdi.
Endilikda quvvati 10 kVtdan ortiq iste`mol ob`ektlarining energiya ta`minoti loyihalarini kelishish uchun elektron ariza taqdim etish xizmati ishga tushdi.
O`zbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat bo`yicha Davlat inspeksiyasining yangi xizmati iste`molchilarga elektron ravishda xulosa shaklidagi kelishuvni olish va arizachi loyihasida nazarda tutilgan ob`ektda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish imkoniyatini beradi.
Xizmat yuridik va jismoniy shaxslarga ko`rsatiladi.
Xizmat bepul ko`rsatiladi.





