AsosiyDunyo

Istanbuldagi portlash oqibatida 10 kishi halok bo`lgani ma`lum qilindi

Bugun,12 yanvar kuni Turkiyaning Istanbul shahridagi markaziy maydonda yuz bergan portlash oqibatida 10 kishi halok bo`lgani aytilmoqda, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

Sayyohlar gavjum bo`lgan Sultonahmad maydonidagi portlash oqibatida 15 kishi jarohatlangan. Bu haqda shahar gubernatori apparati ma`lumot bergan.

Portlash terakt bo`lishi mumkinligi haqidagi talqinlar ham o`rganilmoqda. Maxsus xizmat xodimlari portlovchi moslama turi va teraktga aloqador shaxslar doirasini o`rganmoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, halok bo`lganlar orasida Germaniya va Janubiy Koreyalik sayyohlar ham bor.

    Boshqa yangiliklar