AsosiyDunyo

Xitoy Legendary Entertainment kinostudiyasini $3,5 mlrd evaziga sotib oladi

Xitoyning  Dalian Wanda korporasiyasi Gollivudning Legendary Entertainment kinostudiyasini sotib olishga ruxsat olganini maa`lum qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Xitoy kompaniyasi vakillarining ta`kidlashicha, kelishuv bahosi 3,5 milliard dollarni tashkil etadi.

“Dalian Wanda kinokompaniyani nafaqat filmlari, balki mualliflik huquqi uchun ham sotib olishga qaror qildi”, — deyiladi xabarda.

“Umid qilamizki, bu qadam Xitoyga jahon kinosanoatidagi o`z o`rnini yanada mustahkamlash imkonini beradi”, — dedi kinokompaniyani sotib olmoqchi bo`lgan tadbirkor.

Dalian Wanda korporasiyasi hozirgi kunda dunyodagi eng yirik kompaniya-operatorlaridan biri hisoblanadi.  Kompaniya Shimoliy Amerika, Avstraliya va Xitoydagi bir nechta kinoteatrlarni nazorat qiladi.

    Boshqa yangiliklar