AQSh aviasiyasi “Islom davlati”(DAISh) terrorchilik guruhining Iroq shimolidagi Mosul shahridagi moliyaviy markazini yo`q qildi. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda.
AQSh aviasiyasi samolyotlari terrorchilik tashkiloti mablag`lari saqlanadigan binoga ikki marotaba kuchli zarba bergan. Bombardimon qilish jarayonida etti kishi halok bo`lganligi aytilmoqda.
Ma`lumotlarga ko`ra, o`qqa tutilgan binoda saqlanayotgan mablag`lar Iroq va Suriya hududidagi jangari harakatlarni moliyalashtirish uchun mo`ljallangan. Mablag`ning aniq summasi oshkor etilmagan.





