AsosiyJamiyat

Toshkentdagi 100 dan ortiq chorrahada videokuzatuv tizimi ishga tushgan

Yo`l harakati qoidalarini buzilishini kuzatuvchi Foto- va videofiksasiya qilish avtomatik tizimi Toshkentda o`z ishini boshladi. Hozircha avtotransport vositalari egalariga qoidabuzarliklar uchun jarima yozilgan bildirgi yuborilmayapti.

IIV Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi katta inspektori Mansur Rixsievning Darakchi.uz'ga xabar berishicha, tizim o`z ishini boshlagan, videofiksasiya tizimi 100 dan ortiq chorrahada ishga tushgan. Hozirda dasturiy ta`minotning alohida parametrlari sozlanmoqda.

Tizimni to`liq ishga tushirish uskuna etkazib beruvchiga to`lov to`liq o`tkazilganidan so`ng amalga oshiriladi. Faqat shunda yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi qoidabuzarlik qilgan avtotransport egalariga bildirgi yuborish huquqiga ega bo`ladi.

Avval xabar berilganidek, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan imzolangan qarorga asosan mamlakatimizda 2016 yilning 1 martdan boshlab bir qator o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilgan yangi tahrirdagi "Yo`l harakati qoidalari" amalga kiritiladi.

Bu haqda Darakchi.uz'ga O`zbekiston Respublikasi IIV YHX Bosh boshqarmasi boshlig`i Xolmatjon Saydaliev ma`lumot bergan.

Haydovchilarni ogohlantirish uchun «Foto va videofiksasiya» axborot-ishora belgisi ham joriy etildi. Bu kiritilgan yangilikning dolzarbligi Toshkent shahrida yo`l harakati xavfsizligini kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimini  ishga tushishi bilan ham chambarchas bog`liq.

    Boshqa yangiliklar