AsosiyJamiyat

Chilonzorda yosh oilalarga “Kamolot” uylari topshirildi

Poytaxtimizning Chilonzor tumanida yosh oilalarga mo`ljallangan “Kamolot” uylari foydalanishga topshirildi. 

Hududda zamonaviy shaharsozlik va binokorlik talablariga mos, tabiiy iqlim sharoitini hisobga olgan holda qisqa muddatda har biri 32 xonadondan iborat 2 zamonaviy ko`p qavatli uy bunyod etildi.

Qurilishda yurtimizda ishlab chiqarilgan materiallaridan foydalanilgani hamda maishiy elektr texnika vositalari bilan jihozlangani e`tiborga loyiq. 

Xonadonlardan biri karate bo`yicha ko`p karra O`zbekiston chempioni, Osiyo va jahon chempionatlari sovrindori Ulug`bek Muhsimovga nasib qildi.

 

    Boshqa yangiliklar