AsosiyJamiyat

Termizda so`nggi 32 yil ichida qish faslidagi eng iliq harorat qayd etildi

Joriy yilning 9 yanvar kuni Termizda so`nggi 32 yil ichidagi eng iliq harorat kuzatildi. Bu haqda "Uz24.uz" xabar bermoqda. 

Gidrometeorologiya markazining ma`lumotlariga ko`ra, 9 yanvar kuni Termiz shahrida harorat 19 darajagacha iliq bo`ldi. Oxirgi marta bunday ko`rsatkich 1984 yilda kuzatilgan, harorat 18,4 darajani tashkil etgan. Bu O`zbekiston tarixidagi rekord ko`rsatkich sifatida qayd etildi.

Avvalroq, 2 yanvar kuni Samarqandda havo harorati 21,3 darajagacha ko`tarilgani xabar qilingan edi.

Sinoptiklar iliq harorat yana bir necha kun davom etishini ma`lum qilishdi. 12-13 yanvar kunlari respublika bo`yicha o`rtacha harorat kechasi 0-5, kunduzi 8-13 daraja iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar