AsosiySUG'DIYONA

Qishki oyoq kiyimga mos yubka tanlaymiz

Qish- yubkadan voz kechishga sabab bo`la olmaydi. Undan ko`ra sevimli yubkamizga mos etik tanlashimiz lozim. Yoki aksincha etikka mos yubka. Nima bo`lganda ham bu mavsumda botinka, tizzadan baland bo`lgan yoki poshnali etiklarni har xil uzunlikdagi yubkalar bilan uyg`unlashtirishimiz mumkin.

60-yillar uslubida

Birinchi variant- trapesiya uzunligida tizadan bo`lgan yubkani bo`yi baland past poshnali etik bilan hamda ularga mos keladigan rangdagi  qalin kolgotka bilan  kiyiladi.  

70- yillar estetikasi

Qalin yoki baland poshnali tizzadan baland bo`lgan etiklar, qat-qat buramali yoki trapesiya uzunligi songacha keladigan yubkalar bilan a`lo darajada ko`rinadi. Yubkaning cho`ntaklari bo`lsa nur ustiga a`lo nur bo`lardi. Shuningdek belni o`rta qalinlikdagi kamar bilan ajratib qo`ysa bo`ladi.

Mushuk jilvasi

Yopishib turadigan uzun kesigi bor trikotaj yubkalar poshnasiz past etiklar yoki botinkalar bilan birga chiroyli ko`rinadi. 

O`ziga xos fe`l-atvorli xonimlar

Kalta charm yoki zamsh matoli yubkalarni erkaklar oyoq kiyimini eslatadigan botinkalar bilan kiysa bo`ladi.
 
Dadil qadam bilan

O`rta uzunlikda hamda etagi assimetrik yubkalarga enli past poshnali etiklar to`g`ri keladi.
 
Qalban parijlik



Nafis, bejirim baland poshnali etiklar bilan esa o`rta uzunlikda DIOR uslubidagi quyosh yubka har doim qoyilmaqom ko`rinish beradi.  

manba: woman-rules.ru. 

    Boshqa yangiliklar