Tayland Livan va Iordaniya hududidagi suriyalik qochoqlarga moddiy yordam jo`natadi, deb xabar beradi “TASS”.
Ikki davlat hukumatiga $100 ming miqdorida mablag` ajratiladi. Bu haqda Tayland tashqi ishlar vaziri ma`lum qilgan.
“ Livan va Iordaniyadagi uch milliondan ortiq suriyalik qochoqlarni moliyaviy qo`llab-quvvatlash uchun $200 ming ajratiladi”, — deyiladi xabarda.
Tayland tashqi ishlar vazirligining ma`lum qilishicha, “qochoqlar oziq-ovqat mahsulotlariga, dori-darmon vositalariga, ichimlik suviga va eng avvalo, boshpanaga muhtoj”. Shuningdek, mamlakat hukumati gumanitar yordam o`z vaqtida ko`rsatilishini nazorat qilishi ta`kidlanmoqda.





