AsosiyShou-biznes

Ahad Qayum haqiqiy she`r yozsa mazasi qochishini ma`lum qildi

"Yigit kishiga qirq hunar ham oz" qoidasiga amal qiluvchi shoir, boshlovchi, aktyor, prodyuser Ahad Qayum o`zining Instagram’dagi sahifasida to`rt qator she`r yozish uchun yuzlab qog`oz va bir nechta quti dori kerak bo`lishini aytib o`tdi.

U ijodga qattiq kirishib ketishi oqibati yo boshi og`rishi, yo isitmalab, mazasi qochishini ma`lum qildi.

Ahad Qayum: “Tunda ilhom kelganda to`rt qator haqiqiy she`r yozish uchun ba`zan yuzlab qog`oz va bir nechta quti dori kerak bo`ladi. Ijod paytida qattiq kirishib ketganimdanmi yo boshim og`riydi, yo istmalab mazzam qochadi”

Avvalroq "Darakchi"da e`lon qilingan “Bitta qo`shiq qanchaga tushadi?” sarlavhali maqolada Ahad Qayum, kelishuv asosida bitta she`r narxi 50-100 dollardan narxlanishi. Ayrim paytlarda san`atkorlar 1 oy davomida faqat u bilan ijod qilishi uchun 500 dollargacha to`lashlarini ma`lum qilgandi.

Ko`rib turganingizdek, bu ish shoirga osonlikcha berilmas ekan. Nima ham derdik, unga ijodda kuch-quvvat tilaymiz! 

    Boshqa yangiliklar