2015 yil 1 iyuldan Bosh prokuraturada tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatiga asossiz aralashishga doir murojaatlarni telefon orqali qabul qilish tizimi samarali faoliyat ko`rsatib kelmoqda.
Prokuratura call-markazining 12 operatori tomonidan fuqarolardan qabul qilingan murojaatlarni ko`rib chiqish natijasiga ko`ra 486 million so`mlik aliment va boshqa qarzdorliklar undirildi, bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar beradi.
5,9 mlrd. so`mlik ish haqi, pensiya, nafaqa pullari to`lanishi ta`minlandi,
Noqonuniy qarorlarni bekor qilish yuzasidan 101 protest keltirildi, 20,09 mlrd. so`m pul mablag`larini undirish haqida sudlarga 376 ta arizalar, huquqbuzarliklarning sabab va sharoitlarini bartaraf etish bo`yicha 163 ta taqdimnomalar kiritildi.





