Bugun 2015 yilning eng yaxshi futbolchisiga "Oltin to`p" sovrini topshiriladi.
Marosim Shveysariyaning Syurix shahrida bo`lib o`tadi. Mazkur sovringa “Barselona” a`zolari Lionel Messi va Neymar, “Real”dan esa Krishtianu Ronaldu da`vogarlik qilmoqda. Ulardan biri 2015 yilning “Oltin to`p” sohibiga aylanadi.
Marosim Toshkent vaqti bilan 22:30da boshlanadi.





