Yangi tahrirdagi "Yo`l harakati qoidalari"ga 15 ta qo`shimcha kiritildi. Ularning ayrimlari haqida avvalroq xabar bergandik.
O`zbekiston Respublikasi IIV YHX Bosh boshqarmasi boshlig`i Xolmatjon Saydaliev mazkur Qoidalarda haydovchilarga bir qator muhim majburiyatlar ham yuklatilganligini aytib o`tdi.
- Endilikda haydovchi harakatni boshlashdan oldin yo`lovchilarni harakat vaqtida tanani(qo`lni chiqarish bunga kirmaydi) avtomobil salonidan tashqariga chiqarish mumkin emasligi haqida ogohlantirishi shart. Xuddi shu talab qoidaning yo`lovchilarga tegishli 24 bandiga ham qo`shimcha qilindi. Bilasiz, so`nggi vaqtlarda, ayniqsa, to`y tantanalarida tanasini tashqariga chiqarib video tasvirga olayotganlar tez-tez uchrab turardi. Bu esa harakatlanish xavfsizligiga jiddiy raxna soladi. Shu sababli mana shu o`zgartirish kiritildi. Bundan tashqari haydovchi yo`lovchilarga xavfsizlik kamarini taqib olish shartligini aytishi shart.
Avval xabar berganimizdek 1 martdan e`tiboran har bir transport vositasida nur qaytaruvchi maxsus nimchalar bo`lishi shart, turar joy dahalarida transport harakatini tartibga solib, ko`p qavatli uylar orasida aholi xavfsizligini ta`minlash uchun yuqori tezlikni soatiga 30 kilometr qilib belgilab qo`yilgani, shuningdek haydovchilarni ogohlantirish uchun «Foto va videofiksasiya» axborot-ishora belgisi ham joriy etilgani haqida xabar bergandik.
Eslatib o`tamiz, 2015 yilning 24 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan imzolangan qarorga asosan mamlakatimizda 2016 yilning 1 martidan boshlab bir qator o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilganyangi tahrirdagi "Yo`l harakati qoidalari" amalga kiritiladi.





