AsosiySport

Ravshan ERMATOV: “Faqat O`zbekiston terma jamoasiga muxlislik qilaman”

FIFA referisi Ravshan Ermatov “Yilning eng yaxshi hakami” deb topildi. Ta`kidlash joizki, “Yilning eng yaxshi hakami” degan nomni olish uchun Ravshan Ermatovdan tashqari, Junayd Chaqir, Vilmar Roldan, Xoel Agilyar, Bakari Papa Gassama va Norbert Xauata kabi mashhur mutaxassislar ham da`vogarlik qilgandi.

   — “Darakchi” muxbiri dunyoning eng yaxshi hakamini “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangani bilan  tabriklab, suhbatga chorladi.

Bu men uchun qo`shaloq bayram bo`ldi. Yangi yil arafasida Dubaydan Toshkentga qaytib kelganimda kamtarona xizmatlarimni Vatanimizning yuksak mukofoti bilan taqdirlagani uchun Prezidentimizga cheksiz minnatdorlik bildiraman.

    — Dunyoga mashhur jamoalarga hakamlik qilgansiz, 22 nafar yulduz futbolchi hakamni birdek hurmat qilishi uchun hakam qanday xislatlarga ega bo`lishi kerak?

— Ularning o`ziga xos fe`l-atvori, injiqliklari ham bo`ladi. O`yin paytida futbolchilar hissiyotlarga haddan ortiq berilishadi, ba`zida esa hatto tajovuzkor bo`lib ketishadi. Mening nazarimda ana shunday vaziyatda hakam hissiyotlariga erk bermasligi, 90 daqiqa davomida ularni va o`yin muvozanatini nazoratda ushlab turishi lozim. O`yinni qaynoq qalb va sovuqqon aql bilan  boshqarishi lozim. Hakam futbolchilarga faqat sariq yoki qizil kartochka bilan muomila qilmasdan, ularning tilini topib, hurmat bilan munosabatda bo`lsa, har qanday qiziqqon futbolchi ham o`zini bosadi. Qanchalik mashhur yulduz bo`lmasin ular ham inson, yaxshi muomala sariq yoki qizil kartochkadan ko`ra yaxshiroq natija berishini o`z tajribamdan bilaman.

Intervyuda Ermatov Milliy terma jamoamiz istiqboli to`g`risida shunday javob dedi:

— Tan olish kerak, milliy terma jamoamiz oxirgi matchlarda yaxshi o`yin ko`rsatishdi. Futbolchilarning chaqnab turgan ko`zlarida g`alaba istagini ko`rdim. Futbolchilar  millionlab muxlislarning kayfiyati ularning o`yini natijasiga bog`liqligini his qilib turishi kerak.  O`zim faqat O`zbekiston milliy terma jamoasiga muxlislik qilganim bois, bizning terma jamoamiz ko`p narsaga qodir ekanligini ko`ryapman. Kelajakda xalqimiz orzusini amalga oshirib Jahon Chempionati maydonlarida to`p tepishlariga ishonaman.

Bundan tashqari Ermatov o`yin jarayonida qiyinchilik tug`diradigan futbolchilar, hakamning xatolari, FIFAning korrupsiya bilan bog`liq mojarolari hamda zabt etilmagan cho`qqilari xususida so`zladi. Mazkur intervyuning to`liq talqinini “Darakchi” gazetasining 14 yanvar kuni chiqadigan 2-sonida hamda tez fursatda Darakchi.uz’da o`qishingiz mumkin.

O`tkazib yubormang!

    Boshqa yangiliklar