Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlik ko`rish maqsadida bugun Dubay shahriga uchib ketadi.
“Temiryo`lchilar” 22 yanvarga qadar Dubayda o`quv-yig`in mashg`ulotlarini olib boradi. Yig`in davomida to`rtta nazorat uchrashuvi o`tkaziladi.
Yaqinda jamoaga kelib qo`shilgan Server Jeparov, Kaxi Maxaradze, Sherzod Fayzievlar ham ushbu yig`inda qatnashadi.





