AsosiyJamiyat

“O`zgidromet” qishning iliq harorati sabablariga oydinlik kiritdi

Ushbu qish mavsumi yurtimiz uchun juda iliq keldi, 2015 yil ham o`ziga yarasha anomal haroratlari bilan tarixda qoldi. Xo`sh, sinoptiklar 2015 yil ob-havosi borasida qanday xulosalar qilishdi. Qishning iliq haroratiga qanday omillar sabab bo`lmoqda. Mazkur savollar bilan Darakchi.uz nashri Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya Markazi Markazi bosh sinoptigi Irina Zaysevaga murojaat qildi.

2015 yil yakuni bo`yicha sinoptiklar qanday xulosalar qildi?

2015 yil nihoyasiga etda, ammo yakuniy xulosalar hali chiqarilmadi – ushbu ma`lumotlarni tahlil qilishga hali vaqt kerak bo`ladi, ammo dastlabki natijalarni hozir aytsa bo`ladi.

2015 yilning noyabr oyida Parijda bo`lib o`tgan BMTning iqlim o`zgarishi mavzuidagi Konferensiya arafasida Butunjahon Meteorologik tashkiloti 2015 yil iqlimi bo`yicha dastlabki ma`lumotlar aks etgan press-reliz chop etdi.

Unda aytilishicha, Er sharida 2015 yilgi o`rtacha havo harorati meteokuzatuvlarning butun tarixida eng yuqorisi bo`lgan.

Bunday anomaliyaning sabablari sifatida ikkita omil keltirilmoqda - odam faolligi ta`sirida kuchayadigan parnik effekti ta`siri, hamda bu yil favqulodda faol bo`lgan El-Nino hodisasi (iqlim shakllanishiga sezilarli ta`sir ko`rsatadigan Tinch okeani suvlarining yuqori qatlamida haroratning tebranishi).

O`zbekiston uchun haroratning yakuniy tahlili hali tugamadi, ammo bu yilni mamlakatimizning qadimiy Tashkent-Observatoriya meteostansiyasi ma`lumotlariga tayanib baholasa bo`ladi.

Toshkent uchun 2015 yil meteokuzatuvlarda eng issig`i bo`lmadi, u 2004 rekord yildan biroz ortda qolmoqda. O`rtacha yillik harorat 2015 yilda (15.8o) bu 2004 yildan 0.1o past. 

2015 yilning ahamiyatli tomoni to`rt mavsum ham iqlim me`yoridan iliqroq bo`ldi, eng sezilarli farq (+2.7o) qish mavsumiga to`g`ri keldi.

2015 yilning xavfli va anomal hodisalari qanday bo`ldi?

2015 yilning ahamiyatli havo anomaliyasi mart ohiridagi sovuqlar bo`ldi.

Mart oyining so`nggida hamma er gullagan bir vaqtda Ural tumanlaridan keskin sovuq harorat kirib keldi. 29-31 mart kunlari respublikaning barcha hududlarida qor yog`di. Harorat kechasi 2-7o sovuq bo`ldi.

Bu so`nggi 50 yildagi eng sovuq mart bo`ldi. 30-31 mart kunlari respublikamizning aksariyat hududlarida meteokuzatuvlar tarixidagi eng past harorat qayd etildi.

2016 yilning yanvaridagi iliq haroratning sababi nimada?

Yanvar boshlarida O`zbekiston hududida 2015 yilning dekabr oyida qayd etilgan yuqori harorat saqlanib qolmoqda.

Bunday iliq havoning sababi – atmosferadan janubiy-g`arbiy oqimning ustunlik qilayotgani va u bilan chet janub hududlaridan respublika hududiga iliq va nam havoning kirib kelayotganidir.

 

 

 

    Boshqa yangiliklar