MY5 telekanalining “Yoshlar” studiyasi 18 dan 25 yoshga bo`lgan oliy ma`lumotli (asosan, jurnalistika, filologiya, tarix yo`nalishlarida tahsil oladigan)yigit-qizlarni telekastingga taklif qildi.
Kastingga nutqi ravon va ijodiy fikrlaydigan, aktyorlik mahoratiga ega va albatta, o`z kelajagini telejurnalistika bilan bog`lashga qaror qilgan yoshlar taklif etiladi.
Ishtirok etish shartlari: instagramdagi @my5_yoshlarstudiyasi manzilini belgilab direkt orqali yoki telegramdagi +99891 1921221 raqamiga o`zingizni tanishtirgan holda video yuboring. Unda siz o`z qiziqishlaringizni aniq va ravon tarzda ifodalashingiz lozim.
Saralangan video egalari studiyaga taklif etiladi va kastingning keyingi bosqichida sinab ko`riladi.





