7 yanvar kuni pravoslav xristianlarini “Rojdestvo” bayrami bilan tabriklash maqsadida Rus Pravoslav cherkovining Toshkent va O`zbekiston eparxiyasiga Din ishlari bo`yicha qo`mita mas`ul xodimlari, O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi o`rinbosari A.Mansurov hamda O`zbekiston Bibliya jamiyati Bosh direktori X.Ashirovlar tashrif buyurishdi. Bu haqda Din ishlari bo`yicha qo`mita xabar beradi.
Mehmonlarni Mitropolit Vikentiy qabul qildi. Kechasi esa respublikaning barcha pravoslav cherkovlarida bayram ibodati tinch, dindorlarning ko`tarinki kayfiyatda o`tganini alohida qayd etish lozim.
Tashrif davomida diniy tashkilot vakillari tomonidan O`zbekistonda tinchlik va osoyishtalik barqarorligi uchun doim duolar qilish, respublikada shu tinchlik yo`lida dini, irqi, jinsi va millatidan qat`iy nazar barcha fuqarolarimiz o`z hissalarini qo`shishlari darkorligi, diniy ekstremizm, missionerlik haraktlariga qarshi kurash borasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlarni davom etib borish lozimligi yana bir bor ta`kidlandi.





