AsosiyShou-biznes

Shahzoda prodyuserlik bilan shug`ullanmoqda (Video)

Bugun shou biznesda bir talay guruhlar faoliyat yuritmoqda. Bir vaqtlar taronalari xit parad birinchiliklaridan tushmagan “Navo” guruhi tarqalib, guruh a`zolari Doniyor va Yulya yangi “Radio” deb nomlangan guruh tashkil etganligidan xabaringiz bor.

Mazkur guruhning “Masharaboz” hamda “Kuydim” nomli taronalari va ularga olingan kliplar muxlislar ko`nglidan joy olishga ham ulgurdi.

Guruh haqida ma`lumot olish maqsadida uning ma`muri Jamshid Shodiev bilan bog`landik. Ma`lumotlarga ko`ra, “Radio” guruhi “Intermedia” prodyusserlik markazi loyihasi ekanligini ma`lum qildi.

“Intermedia” prodyusserlik markazi kimniki deysizmi? Uning rahbari Shahzoda ekan. Xullas Shahzoda endi prodyusser va yoshlarni qo`llab quvvatlovchi homiy.

 

    Boshqa yangiliklar