AsosiyJamiyat

O`zbekiston chegaralari qanday qo`riqlanadi? (Foto)

O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi “Jahon” axborot agentligi O`zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini qo`riqlash qo`mitasi ko`magida chegarachilar hayotini suratlarda aks ettirdi.

Chegara xizmati har doim mamlakat milliy xavfsizligini ta`minlashning muhim qismlaridan biri hisoblanib kelgan. Haqiqatan ham chegarada xizmat qilish bu nafaqat harbiy burchni ado etish, balki alohida kasbiy bilim, tajriba, sabr va shijoat talab etadigan ish hisoblanadi. Ushbu sharafli kasb vakillari kecha-yu kunduz, qorda ham, yomg`irda ham davlat chegaralarida hushyor turib xalqimizning tinch va osuda hayotini qo`riqlaydilar, deb yozadi “Jahon” AA.

14 yanvar kuni nishonlanadigan yurtimizdagi muhim sana - Vatan himoyachilari kuni arafasida “Jahon” axborot agentligi yurtimiz chegarachilari hayoti haqida fotolavhalarni e`tiboringizga havola etadi.

    Boshqa yangiliklar