AsosiySport

O`zbek futbolchilari qanday avtomobil haydaydi?

Evropalik futbolchilarning turli tuman avtomobillar harid qilishini bilamiz. Bizda ham charm to`p ustalari orasida did bilan mashina haydashga qiziqadiganlar talay topiladi. Darakchi.uz internet portali o`zbekistonlik futbolchilarning qanday mashinalardan foydalanishlari bilan qiziqdik.

Rossiyaning “Krasnodar” klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedov yaqinda “Ferrari” sotib oldi. “Lokomotiv” bilan shartnoma tuzgan tajribali yarim himoyachi Server Jeparov “Malibu” minadi.

“Lokomotiv” jamoasi sardori Temur Kapadze, “Navbahor” hujumchisi Shahboz Erkinov, “Qizilqum” jamoasida to`p surib kelayotgan himoyachi Akmal Rustamovlarning “Captiva” avtomobillari bor.

Bekobodning “Metallurg” jamoasi sardori Hikmat Hoshimov “Malibu”, “Lokomotiv”ning tezkor yarim himoyachisi Jasur Hasanov esa “Lasetti-2” haydaydi.

 

 

 

    Boshqa yangiliklar