2016 yilning 1 martidan kuchga kiradigan yangi tahrirdagi "Yo`l harakati qoidalari"da alohida e`tibor qaratilgan yana bir narsa bu tezlikdir, deydi O`zbekiston Respublikasi IIV YHX Bosh boshqarmasi boshlig`i Xolmatjon Saydaliev ma`lumot berdi.
- Bilasiz, transport vositalari soni kundan-kunga ortib bormoqda. Transportlar sonining ortishi tirbandliklarni hosil bo`lishiga sabab bo`layapti. Ma`lumki, belgilangan tezlik talablari buzilsa u og`ir oqibatli yo`l-transport hodisalarini keltirib chiqarishi mumkin. Agar ma`lum hududlarda tahlillarga asoslangan holda tezlikni oshirilsa transportlarning yonilg`i sarfi, yo`lda yurishga ketadigan vaqt tejalishi, atrof-muhitning ifloslanishining oldi olinishi mumkin. Masalaning mana shu tomonlarini hamda tegishli mutaxassislarning mulohazalarini inobatga olgan holda turar joy dahalarida transport harakatini tartibga solib, ko`p qavatli uylar orasida aholi xavfsizligini ta`minlash uchun yuqori tezlikni soatiga 30 kilometr qilib belgilab qo`yildi. Bundan tashqari, xuddi shu band bilan Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar Hokimliklariga DYHXX bilan kelishgan holda, agar yo`lning holati tezlikni oshirish imkoniyatini bersa, ayrim joylarda yoki ayrim yo`l bo`laklarida, ayrim transport vositalariga belgilangan tezlikni oshirish uchun ruxsat berish vakolati yuklatildi.





