AsosiyJamiyat

Endi har bir haydovchining avtomobilida maxsus nimcha bo`lishi shart

2015 yilning 24 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan imzolangan qarorga asosan mamlakatimizda 2016 yilning 1 martidan boshlab bir qator o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilganyangi tahrirdagi "Yo`l harakati qoidalari" amalga kiritiladi.

Unga ko`ra, xavfsizlikni ta`minlash maqsadida bir qator yangiliklar joriy etildi.

Shulardan biri kunning qorong`u vaqtlarida,ayniqsa, yoritilmagan joylarda transport vositasi biror-bir sabab bilan, masalan nosozlik tufayli to`xtab qolishi mumkin. Shunday vaqtda haydovchi mashinasini ta`mirlash uchun tashqariga chiqadi. Mana shu vaqtda xavfli holat yuzaga keladi. Yo`ldan o`tayotgan transport vositalari ta`mirlash ishlari bilan band bo`lgan haydovchini ko`rmay qolishi mumkin. Bu holat qorong`i va yog`ingarchiliklar bo`layotgan vaqtlarda juda ham xavfli. Aynan shunday holatlarda yo`l-transport hodisasiga uchrab jarohat olganlar haqida kundalik ma`lumotlarimizda qayd etilgan. Mana shularni e`tiborga olgan holda yangi qoidalarda tunggi vaqtlarda haydovchilarga nur qaytaruvchi maxsus nimchalarni kiyib olish majburiyati yuklatildi.

Endilikda har bir transport vositasida tibbiyot qutichasi, o`t o`chirgich, majburiy to`xtaganni bildiruvchi belgi bilan birgalikda nur qaytaruvchi maxsus nimchalar ham bo`lishi shart, bu haqda IIV YHX Bosh boshqarmasi boshlig`i Xolmatjon Saydaliev Darakchi.uz'ga ma`lumot berdi.

Shuning uchun bu yangilikka barcha harakat ishtirokchilari alohida e`tibor bilan qarashlarini istardik. Kimningdur nazarida e`tiborsizdek bo`lib tuyulgan bu kichik narsa katta falokatlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Qolgan o`zgarishlar ham tez fursatlarda bizni kuzatib boring!

    Boshqa yangiliklar