Ko`pchilik soatlab ko`chaga chiqishdan oldin soatlab yasanishi mumkin, ammo uyda yolg`iz qolganda yoki yaqinlari bilan bo`lgan vaqtlarida tashqi ko`rinishlariga qo`l siltashadi. «Ledi Mail.Ru» maslahatlari uy sharoitida ham chiroyli ko`rinishingizga yordam beradi.
1.Eski kiyimlarni kiymang
Odatda uy kiyimi sifatida cho`zilgan maykalar va shalvarlar ishlatiladi. Bunday ko`rinishda go`zallik haqida gapirish ham mumkinmas. Eng yaxshisi eski kiyimlaringizdan qutuling, ularni yoqimli uy kiyimlariga almashtiring. Nafaqat ko`chada, uyda ham go`zal ko`rinishga harakat qiling!
2.Mehmon kutishga ham uyalmaydigan uy kiyimlarini harid qiling
Kutilmaganda mehmon kelgan holatlarga duch kelgandirsiz. Uy uchun eng maqbul kiyim unda kutilmagan mehmonni ham kutib olish uchun mos kiyimdir. Yupqa trikotaj liboslarini va paxta matosidan bo`lgan qulay ko`ylaklarni tanlang.
3.Tanangizga yoqimli matoni tanlang
Uy kiyimi qulay bo`lishi shart. Uy uchun libos tanlayotganda tanangizga quloq tuting. O`zingiz uchun yoqimli matoni tanlang?
4.Xalatni faqat dushdan keyin kiying
Barchamizga xalatda yurish eng yoqimli holat sanaladi. Biroq uni faqat dush qabul qilgandan keyin kiyish, ammo namni tortib olgandan keyin echib qo`yish shart.
5.Uy ichida kiyadigan poyabzal haqida ham unutmang
Uyda eski paypoq kiyish o`rniga qulay va chiroyli poyabzal kiyish yoqimli. Bu erda tanlov o`zingizga qoladi: bu chiroyli bejirim shippakdan tortib, uy baletkalari ham bo`lishi mumkin.





