AsosiyShou-biznes

Kaniza bir o`q bilan uchta quyonni urmoqchi: konsert, to`y va tug`ilgan kun?!

Kanizaning “Istiqlol” san`at saroyidagi konsert dasturida turmushga chiqishi haqidagi xabar ko`pchilik uchun kutilmagan bo`lgandi. 

Hech kimning xayoliga kelmaydigan ishlarni o`ylab yuradigan xonandaning konsert kuni 28 aprel kuni belgilangani va shu kuni nikoh oqshomi ham o`tkazilishi haqida xabarni eshitib, Kaniza bilan bog`landik.

Uning ma`lumotlariga ko`ra, konsert nishonlash sanasiga hozircha rasman ruhsat berilmagan, ammo 28 aprel kuni ham konsert, ham to`y, ham tug`ilgan kunni nishonlashni o`tkazilishi rejalashtirilmoqda. 

O`zgacha imij, o`zgacha qo`shiqlar va o`zgacha konsert dasturi. Bizningcha kutishga arziydigan dastur…

Darvoqe, Kaniza o`zining Instagramdagi sahfasida nikoh uzugi haqida ma`lumot berib, uni yo`lda ekanligini ma`lum qilgan.

    Boshqa yangiliklar