Xabaringiz bor, bugun Toshkent shahridagi Inha universitetida “Ajoyib matematika” ilmiy-amaliy festivali o`z ishini boshladi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra, festivalning ilk kunida 1,5 mingga yaqin odam tashrif buyurdi. Festival o`z ishini 7-8-yanvar kunlari ham davom ettiradi.
Festival doirasida 9 yoshdan 15 yoshgacha bo`lgan bolalar uchun mo`ljallangan «Dasturlash soatini» o`tkazadi.
7-8 yanvar kunlari soat 10:00 dan 11:00 ga qadar istagan bolalar Scratch vizual dastrulash tili bo`yicha bitta bepul darsda ishtirok etishlari mumkin.








