AsosiySUG'DIYONA

54 yoshli Ekaterina Andreevadan abadiy yoshlikning 20 siri

Rossiyaning “Pervy” telekanali go`zal boshlovchisi Ekaterina Andreevaga hech kim to`g`ri yosh bermaydi! Aslida esa uning yoshi 54 da!

"Yoshlikni saqlab qolish u qadar qiyin emas, — deydi Ekaterina. — Men bajonidil barcha sirimni ochaman!"

Qorong`u va salqin xonada uxlang

— Yotoqxona harorati 18-20 daraja bo`lishi kerak. Salomatlik uchun salqinlik kerak. Hatto qishda ham derazalarimni ochib qo`yaman. Xona qorong`u bo`lsin, qorong`ulikda melatonin ishlab chiqiladi.

Vaqtliroq yoting 8 soat uxlang

— Men kech soat 10 da uxlashga yotaman, sababi soat 22 dan 24 gacha yoshlik va chiroyga javob beradigan gormonlar ishlab chiqiladi!

Bosqichma-bosqich uyg`oning

— Ertalab soat 8 dan kech uyg`onmang. Men 6 da uyg`onamang!

Darhol o`rindan turmang, boshingiz va quloqlaringizni engil harakatlar bilan uqalang.

Ko`proq toza ichimlik suvi iching

— O`rindan turgach qiladigan birinchi ishim bir stakan suv ichish. U xona haroratida bo`lishi kerak. Bir kunda 1, 5 litr suv ichish kerak, ovqatdan 1 soat oldin va 1 soat keyin.

Choy iching

— Qahva ichmayman, choyni yaxshi ko`raman! Ayniqsa — ko`k choyni.

Bo`tqa eng

— Ertalab gimnastikadan so`ng suvda tayyorlangan yormali bo`tqa iste`mol qilaman.

Sog`lom taomnoma

— Soat 19 dan keyin ovqat emayman. Yog`li, shirin, sho`r, unli va konservirovalangan narsa emayman! Mening taomnomamda go`sht yo`q. Faqat sabzavot va mevalar, shuningdek baliq go`shti.

Sutli mahsulotlarni haftada 1 marta eyman

Faqat ekologik toza hom mahsulotlar

Hom holda ham esa bo`ladigan mahsulotlar iste`mol qiling: mevalar, ko`katlar, sabzavotlar, yong`oqlar.

To`g`ri ovqat tayyorlang

— Hech qachon yog`ni qizdirmang, u zararli moddalar ishlab chiqadi! Baland olovda pishirmang.

Tuz — bor, shakar — yo`q!

— Tuz organizmga kerak. Ammo kichik hajmlarda. Shakarni o`rnini esa quruq mevalar, asal bilan almashtirganman.

Vazningizni o`lchang va ro`za tuting

— Vazndan qutulishdan ko`ra uni saqlash osonroq. Men doim vaznimni o`lchayman. Kerak bo`lgan vaqtda 10 kun ham faqat suv bilan yashashim mumkin. Yoki ko`k choy va tuzsiz guruchda! Chorshanba va juma kunlari ro`za tutaman.

Mashq qiling

— Tanani yosh saqlash uchun uni shug`ullantirish kerak. Haftada uch marta fitnesga, uch marta —yogaga, ikki marta —tay-chiga boramang— bu Xitoyning sog`lomlashtirish mashqi — va yana ikki marta —pilatesga ham boramang. Plyus suv havzasi.

Ko`p va tez yuring

— Shunda ortiqcha vazn muammosidan darhol qutulasiz. 30 daqiqadan keyin yog` eriy boshlaydi.

Teringizni parvarishlang

— Haftada 1-2 marta saunaga boraman. Piling qilmayman! Haftada bir marta fransuz firmasining mahsulotlaridan niqob qilaman.

Quyoshda toblanmang

— Ultrabinafsha nurlari terini qaritadi!

Chekmang, ichmang

— Ikki yildan beri chekmayman. Kichik hajmlarda quruq vino ayrim paytda salomatlikka foydali.

Kosmetikadan kam foydalaning

— Agar teringiz chiroyli bo`lsa u holda pardozning umuman keragi yo`q. Pardoz yuzni qaritadi.

Yaqinlaringizni tarbiyalang

— Agar yaqinlaringiz orasida hamfikrlar bo`lmasa sog`lom turmush tarziga amal qilish qiyin. Mening oilam men kabi shu qoidalarga amal qiladi.

Ishlang – pensiyaga shoshilmang

— Pensiyaga qancha kech chiqsangiz, shuncha yosh qolasiz. Ish yoshlikni uzaytiradi!

Jahl va hasad qilmang

— Ruhiy holatingizni kuzating. Birovlarning hayotiga hasad qilishdan, arzimagan narsadan jahl qilishdan to`xtasangiz, darhol o`zgarishlarni sezasiz: ajinlar ham yo`qoladi, ko`zlaringiz porlaydi, qomatingiz yosharadi!

Mening hayotiy shiorim:

«Ollohim o`zgartirishni uddasidan chiqolmagan narsalarni qabul qilishimga menga ruhiy hotirjamlik, bir narsani boshqasi bilan aralashtirib yubormasligim uchun menga aql bergin.

Ekaterina Andreeva — rossiyalik jurnalist, aktrisa, «Vremya» axborot dasturi boshlovchisi

Manba: uduba.com

    Boshqa yangiliklar