“Lokomotiv”da chiroyli o`yin ko`rsatib, terma jamoaga jalb qilingan yarim himoyachi Sanjar Shoahmedov faoliyatini xorijda davom ettirishi mumkin.
Shoahmedovning xizmatiga Qozog`iston va Janubiy Koreya chempionatlaridan taklif tushmoqda. Ayniqsa, koreys jamoalari unga qiziqish bildirishgan.
Shoahmedovni “Lokomotiv” bilan shartnomasi poyoniga etdi va u erkin agentga aylandi.
Xo`sh, Shoahmedov “Loko”ni tark etmoqchimi? Ushbu savolga futbolchi Darakchi.uz internet portaliga bergan intervyusida oydinlik kiritdi.
- Hozircha “Loko”dan butunlay ketganimcha yo`q. Lekin erkin agentman. Xorijdan taklif tushgani rost. Ammo, “Loko”da qolishim ham mumkin. “Temiryo`lchilar”dagi faoliyatimga yaqin kunlarda hal bo`ladi. Muzokaralar davom etyapti, - deydi Shoahmedov.





