Davlat raqobat qo`mitasi tomonidan iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish borasida doimiy ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Natijada iste`molchilik huquqlari poymol etilgan holatlarda fuqarolar tomonidan berilyatgan murojaatlar, shikoyatlar va arizalar sonini tobora ko`payib borayotgani, aholining iste`molchilik madaniyati tobora oshib borayotganidan dalolat bermoqda.
O`tgan 2015 yilda Davlat raqobat qo`mitasi va uning hududiy organlariga jami 5141 (2014 yilda -4725) ariza va shikoyatlar tushgan bo`lib, shundan 3335 (3010) yozma va 3086 (2649) ishonch telefoni orqali qabul qilingan, deya xabar beradi qo`mita matbuot xizmati.
Tushgan murojaatlarning 58 foizi (2014 yilda -63,4 foiz) kommunal xizmatlar sohalariga, 20,4 foizi (16,4 foiz) savdo va umumiy ovqatlanish sohasiga, 9,1 foizi (9,7foiz) transport, xizmatlar va telekommunikasiya sohalariga va 12,6 foizi (10,5 foiz) boshqa sohalarga to`g`ri kelgan.
Murojaatlarning eng ko`p qismi Qo`mitaning markaziy apparatiga (1738 ta) Toshkent shahar hududiy boshqarmasiga (994 ta), Andijon (397 ta), Toshkent (333 ta) va Xorazm (290 ta) viloyatlari hududiy boshqarmalariga tushgan.





