AsosiyJamiyat

“O`zbektelekom” telefon aloqa xizmatlari uchun yangi tariflarni amalga kiritdi

«O`zbektelekom» AK abonentlar uchun qulaylik yaratish maqsadida 2016 yil 1 yanvardan telefon aloqa xizmatlari uchun yangi qo`shimcha «Shahar», «Viloyat» va «Respublika» tarif rejalarini amalga kiritdi.

Yangi tarif rejalari abonentlarga telefon tarmog`idan kiritilgan limit doirasida shahar, viloyat yoki butun O`zbekiston bo`ylab chiqish qo`ng`iroqlaridan foydalanish imkonini beradi.

Bunda «O`zbektelekom» AK tarmog`i ichidagi kiritilgan limitga «O`zbektelekom» AK “UzMobile” filiali GSM va CDMA tarmog`iga chiqish qo`ng`iroqlari ham kiradi.

Bundan tashqari, barcha tarif rejalarida kiritilgan limitda O`zbekistondagi boshqa aloqa operatorlari tarmog`iga chiqish qo`ng`iroqlari ko`zda tutilgan.

Yangi tariflar bilan quyidagi havolada batafsil tanishish mumkin.

    Boshqa yangiliklar