Yangi yil Javzolarga juda ko`p ijobiy hissiyotlarni tuhfa etadi. Siz ko`p vaqtingizni yaxshi insonlar bilan suhbatlashib o`tkazasiz. Atrofingizdagilar esa maslahat so`rab murojaat qilishadi. Bu burj vakillari o`zlarini e`tiborli, aqlli va tartibli shaxs ekanliklarini his etishadi. Avvalgidan ko`ra ancha mashhurlikka erishasiz. Har bir daqiqangiz o`lchovli bo`lib, uchrashuv va zarur ishlardan bo`shamaysiz. Shunga qaramasdan, miriqib hordiq chiqarishga va hayotdan lazzat olishga ham ulgurasiz. Taqdir anchadan buyon orzu qilib yurgan narsalaringizga etkazadi.
2016 yil Javzolar uchun haqiqiy tavakkal yili bo`ladi desak yanglish bo`lmas. Siz sinalmagan ishlarga boshingiz bilan sho`ng`ib ketasiz. Shu kunga qadar o`zingizga notanish bo`lgan yangi his-tuyg`ularni sezasiz. Nimagaki qo`l urmang omad va muvaffaqiyat yor bo`ladi. O`z maqsadingiz sari hech qanday to`siqlarga qaramasdan, qat`iyat va ishonch bilan harakat qilasiz. Lekin baxtga qarshi barcha Javzolar ham o`z kelakajlarini shu tarzda qurish imkoniga ega emas.
Shaxsiy hayot
Hali turmush qurmagan Javzolar uchun yil butunlay o`zgacha tus oladi. Siz yorqin ranglardan iborat bo`lgan sevgi tuyg`usining domiga ilinasiz. Hattoki, sevimli insoningiz uchun har qanday ahmoqona ishga qo`l urishdan ham tap tortmaysiz. Xatti-harakatingiz bilan atrofdagilarni hatto hayratga tushirishingiz ham mumkin. Hamma narsaga ham e`tibor qarataverish yaramaydi, faqatgina yuragingizga quloq soling va u ko`rsatgan yo`ldan yuring. Uchratishingiz mumkin bo`lgan inson tuyg`ularingizga munosib javob qaytaradi. Uchrashuv onlaringizni intiqlik bilan kutib, daqiqa sanaydi. Tez orada siz o`z taqdiringizni u bilan bog`lashga qaror qilasiz, lekin bu qadamni bosishdan avval barcha ijobiy va salbiy jihatlarni puxta o`ylab ko`ring.
Bu burjning oilali vakillari uchun yil boshida yuzaga kelgan oilaviy muammolarga echim topish va munosabatlarni me`yorda saqlash uchun qulay imkoniyat bo`ladi. Ko`proq vaqtingizni oila davrasida o`tkazishga, farzandlaringizga e`tibor qaratib, ularning erishgan muvaffaqiyatlaridan birga quvonishga harakat qiling. Shu bilan birga ota-onangiz haqida ham unutib qo`ymang, ularga sizning g`amxo`rligingiz juda zarur. Yil o`rtalariga kelib esa vaziyat biroz o`zgaradi. Mojarolar, tushunmovchiliklar va ayblovlar, bular barchasi rashkning ortidan kelib chiqqan tutriqsiz ig`vo va eski ko`ngilsizliklar natijasidir. Vaziyatni izga solish uchun esa bor kuchingizni ishlatishingizga to`g`ri keladi. Muammoning eng to`g`ri echimi, safarga yo`l olish. Turmush o`rtog`ingiz mulohaza qilib olishi uchun ma`lum vaqtga yolg`iz qoldiring.
Do`stlaringizga kamroq quloq soling. Ularning shaxsiy hayotingiz borasidagi maslahatlari faqatgina xalqit berishi mumkin. O`zingiz va ichki sezgingizga ishoning, u sizni aldamaydi! Ko`pgina Javzolar 2016 yilda o`zligini anglashga harakat qilishadi. Ulardan jiddiy tanlovni amalga oshirish talab etiladi. Yil oxiriga kelib shaxsiy munosabatlar sekin-asta izga tusha boshlaydi. Yaqin kishilaringiz va do`stlaringizga nisbatan ko`ngil yaqinligini his etasiz. Ehtimol, Javzolar sevimli insonining qalbi sari yangi yo`l ochib, yana yangi tuyg`ularni boshdan kechirishlari mumkin. O`z ichki olamingizga sho`ng`ib, munosabatlarni chuqur tahlil etish ham ijobiy natijaga olib kelmaydi. Aksincha, ayrim tushunmovchiliklarni yuzaga keltiradi.
Karera va moliya
Javzolarni ish borasida sezilarli o`zgarishlar kutib turibdi. Rahbariyat sizga katta e`tibor qaratadi va bu vaziyatdan kerakli o`rinlarda foydalanib qolasiz. Yil boshida katta yangiliklar ro`y beradi. Siz shunchaki muvaffaqiyat qozonib qolmay, balki har qanday ishda raqiblaringizni ortda qoldirib ketasiz.
Yil oxiriga kelib vaziyat biroz keskin tus oladi. Bu sizni sira ham cho`chitmaydi va undan-da, g`ayrat qilib o`zingizni ko`rsatishda davom etasiz. To`xtab qolmang, agar shunday faol va ishonch bilan harakat qilishda davom etsangiz, sizni ajoyib kelajak qarshi oladi.
2016 yilda moliyaviy holatingiz tez-tez o`zgarib turadi. Yil boshida ko`p pul sarflash yaramaydi. Chunki pul ish faoliyatingizdagi g`oyalarni amalga oshirishda asqotadi. Nima bo`lganda ham boshlang`ich dastmoya juda zarur. Biror biznes turini boshlash uchun juda qulay vaqt. Agar omad sizdan yuz o`girmasligini istasangiz, uni ushlab qolishni bilish zarur. Agar maqsadingiz yo`lida biroz mablag` sarflasangiz, albatta natijasini ko`rasiz. Turli xaridlar, masalan, uy va mashinadan tortib mayda-chuyda narsalar uchun ham pul sarflaysiz.
Yozda katta mablag` yo`qotishingiz mumkin. Lekin bu vaziyatdan chiqib ketasiz. Agar zahirangiz biroz kamayib qolsa, siqilishga arzimaydi. Baribir to dekabr oyigacha barcha yo`qotilgan mablag`lar o`rnini ishlab to`ldirasiz. Yil oxiriga kelib esa moliyaviy jihatdan turg`unlikka erishasiz va shu kunga qadar qilgan ishlaringizdan qoniqish hosil qilasiz.
Salomatlik
Yil boshida bu burj vakillari o`zlarini uncha yaxshi his qilishmaydi. Bu bosh og`rig`i va uyqusiz tunlar natijasida yuzaga kelgan ruhiy horg`inlik bilan bevosita bog`liq bo`ladi. Tez-tez dam olishga harakat qiling. Yoqimli kishilar bilan muloqotda bo`lib, vaqtni ko`proq toza havoda sayr qilib o`tkazing. Bunday usullar nafaqat tushkunlik va asabiy holatga balki, jismoniy darmonsizlikka ham chek qo`yadi.
Shu bilan birga teri bilan bog`liq muammolar ham yuzaga kelishi mumkin. Tashqi ko`rinishingizdagi noqulay holat esa ko`ngildagidek dam olishga, bemalol yurishga imkon bermaydi. Haftada hech bo`lmaganda 2 soat vaqtingizni teringizni tozalash, turli niqoblar qilish va spa-salonga borish uchun sarflang. 2016 yilda yulduzlar Javzolar salbiy odatlaridan voz kechishlarini maslahat berishmoqda.
Yil o`rtalariga kelib biror surunkali xastaligingiz xuruj qilib qolishi mumkin. Yurak-qon tomir tizimi alohida e`tibor talab qiladi. Ko`proq sayr qilish, dush qabul qilish, vitaminlarga boy choy ichish foydadan xoli bo`lmaydi.
Javzo-erkak
Birinchi yarim yillikda bilim egallash, yangi tanishlar orttirib, ular haqida ma`lumot to`plash kabi masalalar e`tiboringizni tortadi. Lekin bu faoliyatingiz shaxsiy hayotingizga salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin. Turmush o`rtog`ingiz unga e`tibor qaratmayotganligingizdan ranjiydi. Bu muammoni echishga va vaqtni ish bilan oila o`rtasida teng taqsimlashga harakat qiling.
2016 yilning yoziga kelib turmush tarzingizda ko`plab o`zgarishlar yuz berishi mumkin. Kimdir uydagi hisob-kitoblarni o`z zimmasiga olib, pulni tejashga va moliyaviy muammolarga echim topishga harakat qilsa, yana boshqalar o`zlaridagi oshpazlik mahoratini kashf qiladilar. Ularning atrofidagilar e`tiborli bo`lishlari talab etiladi, chunki erkak javzolar qo`llab-quvvatlashingizga juda muhtoj.
Javzo-ayol
Maymun yili ayol Javzolar uchun ijobiy tanishuv va taassurotlarga boy tarzda kechadi. Shu bilan birga malaka oshirish va til o`rganish kurslarida o`qishning ham ayni vaqti. Bu burj xonimlari oila byudjetiga foyda keltirishlari, xizmat pillapoyalaridan ko`tarilishlari uchun o`z dunyoqarashlarini kengaytirishlari zarur.
2016 yilda bu burjning go`zal vakilalariga yulduzlar chet davlatlarga safar uyushtirishni maslahat berishmoqda. Iyul oyida esa hurmat qozonib, kutilmagan syurprizlarga ega bo`lishlari mumkin. Eng muhimi esa yil oxiriga kelib o`zingizga mos insonni uchratasiz.
Tavakkalchi, ilmiy salohiyatga ega
Javzolar tabiatan tavakkalchi, yorqin, ilmiy salohiyatga ega, murakkab xarakterli kishilardir. Odamlar bilan tez muloqotga kirishuvchan burj vakillari jamiyat va yangiliklar bilan hamohang tarzda hayot kechirishadi. Ular ko`pincha huquqshunos, jurnalist, jamoatchilik faoliyati bilan shug`illanadigan kasb egalari bo`lishadi.
Taqdir to`g`ri yo`lni ko`rsatadi
2016 yil Javzolar uchun yaxshi xislatlarga boy va rang-baranglikda o`tadi. Faollik, jo`shqin hayot tarzi, yangi tanishuvlar va sayohatlar tufayli ajoyib taassurotlarga ega bo`ladilar. Taqdirning o`zi kelajakda omad sari etaklovchi to`g`ri qaror qabul qilishingizga ko`maklashadi.





