AsosiyShou-biznes

TravelTV.UZ: “Mening yurtim”da dunyo kezamiz!

“Mening yurtim” telekanali muxlislari uchun bu yilgi Yangi yil kutilmagan sovg`alarga boy bo`ldi. Kanalning maxsus “TravelTV.UZ” loyihasi doirasida maxsus ijodiy guruh Evropa mamlakatlariga yo`l oldi.

Boshlovchilar Shahzoda Muhammedova hamda Akarxo`ja Rasulov, shuningdek rejissyor Jasur Shametovlarning ijodiy traektoriyasi Chexiya, Avstriya, Fransiya va Italiya davlatlarida namoyon bo`ldi.

Har bir mamlakatning diqqatga sazovor go`shalari, barchaga ma`lum va mashhur ko`chalari haqida ijodkorlar “TravelTV.UZ” dasturi orqali so`z yuritishdi. Shuningdek, Yangi yil kayfiyati bilan o`rtoqlashib, turli reportaj va lavhalar, bayram oqshomi esa teleko`prik orqali bog`lanishlarni hadya etishdi.

Shu kunga qadar “TravelTV.UZ” ko`rsatuvining 17 ta soni efirga uzatilgan bo`lib, endi telesayohat haqida film tayyorlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar