AsosiyShou-biznes

2015 yilda ota-onalik baxtiga erishgan mashhurlar

«Bola kattalarni uch narsa o`rgatadi: har bir narsadan quvonishga, doim o`ziga mashg`ulot topish va aytganini qildirishga», degandi brazilyalik shoir Paulo Kaelo. Umr daftarining yana bir sahifasini to`ldirgan mashhurlarimiz Paulo ta`kidlagandek, bir olam quvonchga ega bo`lishdi. Va ayni hayotidagi eng muhim mashg`ulot: chaqaloq parvarishi bilan bandlar. Jajji farzandining qo`lidan tutish baxtiga muyassar bo`lgan can`at vakillarining hayajonga to`la onlari muhrlangan sanani yana bir bor eslashga jazm qildik. Darvoqe, buvi va buva bo`lgan san`atkorlarimiz ham yoddan chiqmadi...

1. “Afruz” guruhining vakili Muzaffar Boboxonov 5 fevral kuni farzandli bo`ldi. Dunyoga kelgan chaqaloqqa Ibrohim deb ism qo`yishdi.

2. Aktrisa Sevara Solieva va xonanda Ma`mur Sultonov 25 aprelda o`g`illi bo`lishdi. Chaqaloqqa yaxshi niyat bilan Sulton, deb ism qo`yishdi.  

3. May oyida O`zbekiston va Qoraqalpog`iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov bobo bo`ldi. Eslatib o`tamiz, xonanda 2014 yilda qizini uzatgandi.

4. Bu yil O`zbek Davlat san`at va madaniyat institutining magistriga aylangan “ELDIDO” guruhining vakili Eldor Xushvaqtov 31 may kuni qiz farzandli bo`ldi. Qizalog`iga Shahrizoda deb qo`ygan.

5. “Nihol” mukofoti sovrindori Parizoda 20 iyulda ikkinchi bor onalik baxtiga muyassar bo`ldi. Qiziga Sa`diya deb ism qo`yishdi.  

6. O`zbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi Hosiyat Xusanova 1 sentyabrda 47 yosh ostonasida ikkinchi farzandini dunyoga keltirdi. O`g`liga Imron ism qo`ydi.

7. Xonanda Ruxshona va klipmeyker Sanjar Matkarimov 6 sentyabr sanasida qiz farzandli bo`lishdi. Yaxshi niyat bilan chaqaloqqa Habiba deb ism qo`yishdi.

8. Sa`dullaevlar sulolasining kenja vakili aktrisa Muqaddas Sa`dullaeva 11 sentyabrda qiz farzandli bo`ldi. Qiziga Sa`diyaxon deb ism qo`ydi.  

9. 9 oktyabr kuni O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Sardor Rahimxon uchinchi bor otalik baxtiga erishdi. O`g`liga Muhammadali deb ism qo`ydi.

10. 9 oktyabrda xonanda Dildora Niyozova ikkinchi farzandini dunyoga keltirdi. Qiziga Muslimaxon deb ism qo`ydi.  

11. 18 oktyabr kuni xonandalar Dilso`z va Farrux Raimovlar qiz farzandli bo`lishdi. Xonanda chaqaloqqa o`z taxallusi bilan Dilso`z deb ism qo`ydi.  

12. “Mening yurtim” telekanalining “Bugun nima ovqat” ko`rsatuvi boshlovchisi, aktyor Xusan Jo`raev 25 oktyabrda qiz farzandli bo`ldi. Aktyor birinchi farzandiga yaxshi niyat bilan Azizaxon deb ism qo`ydi.

13. Yosh iste`dodli xonanda Botir Yaminov 6 noyabrda farzandli bo`ldi.

14. 12 noyabr sanasida aktrisa va xonanda Madina Mumtoz o`g`illi bo`ldi. Aktrisani onalik baxtiga erishgani, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Ra`no Yarashevani esa buvi bo`lgani bilan muborakbod etamiz.

15. “Mirzo” teatri vakili qiziqchi Ma`murbek Xolmedov 1 dekabr kuni ikkita qizdan so`ng o`g`il farzandli bo`ldi. Chaqaloqqa yaxshi niyat bilan Biloliddin deb ism qo`ydi.

    Boshqa yangiliklar